“Milan” hujumchisi Zlatan Ibragimovich A Seriya 7-turi doirasida “Verona”ga qarshi kechgan o‘yinning so‘nggi daqiqalarida jamoasini mag‘lubiyatdan saqlab qolgan gol muallifiga aylandi.
Opta ma’lumotlariga ko‘ra, Ibragimovich Italiya chempionatida uch ochkolik tizim joriy qilinganidan (1994/95-yilgi mavsumdan) buyon ketma-ket yettita o‘yinda gol urgan klub tarixidagi ilk futbolchiga aylandi.
2020/21-yilgi mavsumda 39 yoshli futbolchi “Milan” safida barcha musobaqalarda 9 o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol va ikkita golli uzatma muallifiga aylandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)