Samarqand viloyati Nurobod tumanida Afrosiyob poyezdi harakatlanayotgan vaqtda temiryo‘l iziga tosh qo‘ygan shaxs maktab o‘quvchisi ekanligi aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV.
Ma’lum qilinishicha, 29-oktabr kuni Samarqand viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasiga Qarshi–Samarqand–Toshkent yo‘nalishidagi Afrosiyob yuqori tezyurar yo‘lovchi poyezdi Ulus–Gumbaz temiryo‘l bekatlari oralig‘ida harakatlanayotgan vaqtida temiryo‘l iziga tosh qo‘yilganligi aniqlangan.
Surishtiruv ishlari natijasida temiryo‘l iziga tosh bo‘laklarini qo‘ygan fuqaro 6-sinf o‘quvchisi, Nurobod tumani “Oltinsoy” MFYda yashovchi, voyaga yetmagan S.J. ekanligi aniqlandi.
Holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Izoh (0)