• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    UzAuto Motors Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasini OAVga bosim o‘tkazayotganlikda aybladi

    UzAuto Motors 21-oktabr kuni Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (MQKQ) o‘rtasidagi sud jarayonini yoritayotgan OAVga bosim o‘tkazilayotganidan tashvishda ekanini ma’lum qildi. Avto ishlab chiqaruvchi matbuot xizmatining xabar berishicha, kompaniya ayrim amaldorlarning jurnalistlarga nisbatan senzura va cheklovlardek xato amaliyotga intilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi deb hisoblaydi.

    Foto: Madina Nurman / “Daryo”

    Foto: Madina Nurman / “Daryo”

    “Toshkent shahar ma’muriy sudida ko‘rilayotgan ishning so‘nggi sud majlisidan keyin sudda javobgar sifatida ishtirok etayotgan tomon ommaviy chiqish qilib, UzAuto Motors’ni go‘yoki biz ‘buzayotgan axloq me’yorlari’ga rioya etishga chaqirdilar. Qarangki, kompaniyaning MQKQga nisbatan da’vosi yuzasidan borayotgan ishni to‘liq va shaffof yoritishga bo‘lgan tabiiy intilishimiz javobgar tomonda xavotirni uyg‘otayotgan ekan. Yana shu darajada ekanki, ular ochiq-oydin “qo‘mitaga nisbatan da’volarimizga tegishli barcha narsani faqatgina sud muhokamasi doirasida gapirish va sharhlashimiz” kerakligiga ishora qilishgan. Mohiyatan, bu biz uchun ochiq bahs-munozara, shuningdek xolis raqamlar va faktlarni ommaga e’lon qilish hammaga ham yoqavermasligi haqida birinchi signal bo‘ldi”, — deya ta’kidlagan UzAuto Motors AJ yuridik boshqarmasi direktori Rustam Shaymardonov.

    Bundan tashqari, Rustam Shaymardonov: “Afsuski, ish qo‘mitaning ommaviy axborot vositalari bilan muloqotni qisqartirishga chaqirig‘i bilan tugab qo‘ya qolmadi. Ishonchli manbalardan bizga ma’lum bo‘lishicha, dushanba kuni MQKQ rasmiy vakillari bizning da’voimiz yuzasidan 16-oktabr kuni o‘tgan uchinchi sud majlisi borishini yoritgan OAVga bosim o‘tkazishga urinib ko‘rganlar”, — deb aytgan.

    Uning qayd etishicha, qator holatlarda bu urinishlar muvaffaqiyatli bo‘lgan: “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi matbuot xizmatining qat’iy talabidan keyin ayrim OAV xolis ma’lumotlar aks etgan maqolalarni o‘z saytlaridan o‘chirib tashlagan, boshqalari e’lon qilingan matnlardan MQKQni qoniqtirmaydigan qismlarini olib tashlab, o‘zgartirishlar kiritgan”.

    “Mazkur sud ishidagi opponentlarimizning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 67-moddasining qo‘pol buzilishi faktidan qutilishga urinishlarining oldini olish uchun, biz maqolalar aslining skrinshotlariga ham, shuningdek, matbuotga bosimning boshqa isbotlariga ham ega ekanligimizni aytib qo‘ymoqchiman”, — deya o‘z fikrini ifoda etdi.

    Shuningdek, kompaniya yuristi hozir gap UzAuto Motors’ning sudda ko‘rilayotgan MQKQga qarshi ishida kim haqli ekanida ham emas, MQKQ vakillari bu jarayon sud zalidan tashqariga chiqib ketishi uchun bor imkoniyatlarini ishga solayotganini ro‘kach qilgan.

    “Mamlakatimizda UzAuto Motors’chalik OAV tomonidan tanqidga uchragan kompaniyalar kam, desam hech kim ajablanmaydi, holbuki ko‘p hollarda bu unchalik ham konstruktiv tanqid bo‘lmagan. Biroq biror marta ham bu biz tomonimizdan o‘zimizga yoqmaydigan maqola yoki uning bir qismini o‘chirib tashlashga urinish uchun bahona bo‘lmagan. Mass-media bilan muloqotning madaniy vositalari bor, ular sharh yoki raddiya berishni ko‘zda tutadi va matbuot xizmatimiz aynan shu uslublardan foydalanadi. Biz Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasini ham — tabiiyki, bizning so‘zlarimizni rad etishga dalillari bo‘lsa — jurnalistlar bilan shu tarzda muloqot qilishga chaqiramiz”, — deyiladi UzAuto Motors matbuot xizmati xabarida.

    Jamiyat yuristi MQKQning shanba kunidagi murojaatiga shunday javob bergan: “Davlat organlarining ichki o‘zaro aloqasi kabi to‘qima axloq me’yorlarining hech qaysisi biz uchun jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqotdan ustun bo‘la olmaydi. „Qo‘l sinsa, yeng ichida“ qolishiga chaqiriqlar va iste’molchilarimizni xabardor qilish o‘rtasidagi tanlovda biz doim keyingisini tanlaymiz. Meni aniq tushunishlarini istardim: OAV erkinligi biz uchun hatto u kompaniyamizga qarshi turganda ham mutlaq qadriyat sanaladi, zero bu — kamida voqelik bilan aloqani yo‘qotib qo‘ymaslik va yaxshi tomonga o‘zgarishning yagona yo‘lidir. Biz opponentlarimizga ham bu yondashuvimizdan foydalanishni chin dildan tavsiya qilamiz”.

    Mazkur bayonot yuzasidan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi axborot xizmati boshlig‘i Manzura Hasanova bilan bog‘langan “Gazeta.uz”ning yozishicha, Manzura Hasanova UzAuto Motors qo‘ygan ayblovlar asossiz va qo‘mita bundan avval e’lon qilgan “pozitsiyasi”da qolishini, har qanday nizoni qonuniy yo‘l bilan, faqatgina sud orqali hal etishini ta’kidlagan.

    Eslatib o‘tamiz, 2-oktabrdan boshlab Toshkent shahar ma’muriy sudida UzAuto Motors kompaniyasining Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi maxsus komissiyasi qarorini bekor qilish bo‘yicha kiritgan shikoyati ko‘rib chiqilmoqda.

    2020-yil 16-oktabrda bo‘lib o‘tgan jamiyat va qo‘mita o‘rtasidagi sudning 3 yig‘ilishidan so‘ng Antimonopoliya qo‘mitasi sukut saqlash “an’anasi”ni buzgan edi. 17-oktabrda qo‘mita o‘z bayonotida “Shu vaqtga qadar qo‘mita sud jarayoni tafsilotlariga hech qanday izoh bermay kelayotgandi, chunki UzAutoMotors AJ tomonidan keltirilgan har qanday da’vo va shikoyatlariga qo‘mitaning ekspertlari tomonidan bevosita ish ko‘rilish jarayonida javob berib kelinmoqda”, — deya qayd etgandi. O‘shanda qo‘mita UzAuto Motors kompaniyasini davlat organiga nisbatan axloqiy me’yorlardan chiqmagan holda mulohaza yuritishga chaqirgandi.

    Mavzuga doir: 

    • UzAuto Motors 2019-yilda 2,6 trln so‘m sof foyda ko‘rgani ma’lum bo‘ldi
    • “Bankrotlikka olib kelish”. UzAuto Motors Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tavsiyalari haqida
    • Bosh vazir Abdulla Aripov MQKQni populizmda aybladi. Bunga internet-foydalanuvchilar javob qaytardi: “Biz barchamiz populistmiz”

    21.10.2020, 19:35   Izoh (0)   44555
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent shahri va viloyatida 22-oktabr kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin

    21.10.2020, 18:58

    Toshkentdagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasidagi yo‘l ta’mirlash ishlarida YHX xodimlari faoliyati va shaharda maxsus belgilar kamligi tanqid qilindi

    21.10.2020, 17:57

    Energetika vazirligi: Uzbekistan GTL’dagi vaziyat barqarorlashgan, barcha muammo va masalalar joyida ijobiy hal etildi

    21.10.2020, 17:34

    O‘zbekiston Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan standartlardagi yo‘l belgilari Rossiyadan ko‘chirib olingani aytildi

    21.10.2020, 17:11

    Tanzila Norboyeva qiynoqlar masalasida xulosa qilishda Senat qo‘mitasi OAV va blogerlar fikriga ham tayanish lozimligini aytdi

    21.10.2020, 16:59

    “Yuksalish” rahbari Bobur Bekmurodov jamoat transportida majburiy qo‘lqop kiyishni mantiqsizlik deb atadi

    21.10.2020, 16:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46

    Gretsiyada 4 kun ichida 242 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 23:39

    Madonna 66 yoshda: butun umr otasining roziligini izlagan va jannatdan haydalishdan qo‘rqqan qizaloqdan pop malikasi bo‘lishgacha bosib o‘tilgan yo‘l

    Musiqa | 16 avgust, 23:26

    AQSH g‘azoliklar uchun viza berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 16 avgust, 23:15

    Afg‘onistonda soqol olgan erkaklar hibsga olinmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 22:55

    Superliga. “Nasaf” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 16 avgust, 22:44

    “Jamiyat bilan davlat o‘rtasida muloqot yo‘q” — Abdulla Abduqodirov O‘zbekiston rivoji uchun nimalar muhimligi haqida

    O‘zbekiston | 16 avgust, 22:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.