• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 20-iyul kuni 562 kishida koronavirus aniqlandi. Yana besh bemor vafot etgani ma’lum bo‘ldi

    O‘zbekistonda 19-iyul soat 23:30 dan 20-iyul soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 562 ta holat qayd etildi. Ketma-ket to‘rtinchi kun koronavirusga chalinganlar soni 500 nafardan oshmoqda. Hozirgacha eng ko‘p kasallanish holati 13-iyul kuni qayd etilgan bo‘lib, o‘sha kuni 594 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Yangi kasallanish holatlaridan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 17 314 kishiga yetdi.

    SSV hisobi bo‘yicha 91, “Daryo” hisobi bo‘yicha 95 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.

    SSV hisobi bo‘yicha 91, “Daryo” hisobi bo‘yicha 95 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.
    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Yangi kasallanish holatlari

    Yangi kasallanganlarning
    • 63 nafari xorijdan kelib karantinga olinganlar orasida;
    • 499 nafari tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida (Toshkent shahrida — 365 nafar, Andijon viloyatida — 32 nafar, Namangan viloyatida — 26 nafar, Sirdaryo viloyatida — 23 nafar, Jizzax viloyatida — 13 nafar, Qoraqalpog‘istonda — 11 nafar, Surxondaryo viloyatida — 10 nafar, Farg‘ona viloyatida — 6 nafar, Navoiy viloyatida — 5 nafar, Toshkent viloyatida — 4 nafar, Samarqand viloyatida — 4 nafar) aniqlangan.
    Kun davomida 11 ta hududda koronavirusga chalinish holatlari kuzatildi. Buxoro, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlaridagina koronavirus aniqlanmadi. Xorazm viloyatida oxirgi marta 10-iyul kuni kasallik qayd etilgan.

    Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida 365 ta holat qayd etildi. Poytaxtda bundan ham ko‘p bemor aniqlangan kun faqatgina bir marta bo‘lgan. 13-iyul kuni Toshkentda 448 kishida koronavirus qayd etilgandi.

    Andijon viloyatida 32 kishida koronavirus qayd etildi. Oy boshida Andijonda kasallanganlar soni 209 nafar edi, ortda qolgan 20 kun ichida viloyatda 473 kishida kasallik aniqlandi. Shunga qaramay, Andijon koronavirusdan birontayam o‘lim qayd etilmagan yagona hudud bo‘lib turibdi.

    Namangan viloyatida koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 26 ta holat aniqlandi. Viloyatda 12-iyuldan beri har kuni yangi kasallanish holatlari aniqlanmoqda. Namanganda iyul oyida 244 kishida koronavirus qayd etildi, bu viloyatdagi jami kasallanish holatlarining 45 foizidir.

    Sirdaryo viloyatida kun davomida 23 kishida koronavirus qayd etildi. 4 kun ichida viloyatda koronavirusga chalinganlar soni 174 nafarga ko‘paydi. Hozirda jami kasallanganlar soni 387 nafarni tashkil etadi. Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev viloyat aholisiga qilgan murojaatida kasallangan bemorlar haqida bir qator ma’lumotlarni e’lon qildi. Viloyatda kasallik aniqlangan 385 kishidan 140 nafari “Guliston” chegara postidan o‘tgan xalqaro yuk tashuvchilar hamda chet davlatlardan kelgan fuqarolar bo‘lsa, qolgan 245 nafari Sirdaryo viloyati fuqarolari ekanligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, hokim viloyatdagi 224 ta mahalladan 97 tasida kasallik aniqlanganini ta’kidladi. Hozirda Sirdaryoda 3 ming kishiga yetadigan zaxira o‘rinlari shakllantirilgan.

    Jizzax viloyatida 13 kishida koronavirus aniqlandi. Jizzax koronavirus aniqlangan bemorlar soni 100 nafardan oshgan oxirgi hudud bo‘ldi. Hozirda viloyatda kasallikka chalinganlar soni 108 nafarni tashkil etmoqda. Oy boshidan beri Jizzaxda kasallanganlar soni 10 baravardan ortiqqa ko‘paydi. 30-iyun holatiga ko‘ra, viloyatda bor-yo‘g‘i 10 nafar bemor bor edi.

    Qoraqalpog‘istonda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida 11 kishida kasallik aniqlangan. Respublikada oy boshidan beri jami 135 kishida koronavirus aniqlanib, jami kasallanganlar soni 286 nafarga yetdi. Qoraqalpog‘istondagi jami kasallanish holatlarining 47 foizi iyul oyiga to‘g‘ri keldi.

    Mavzuga doir: Musa Yerniyazovning koronavirusga chalingani haqidagi ilk xabarlar iyul boshida tarqalgan. O‘shanda Qoraqalpog‘iston rahbariyati bu xabarlarni qat’iy rad etgan

    Surxondaryo viloyatida 10 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi. 14-iyuldan beri har kuni yangi holatlar qayd etilmoqda. Oy boshidan beri Surxondaryoda 192 kishida koronavirus aniqlandi. Viloyatda mart, aprel, may va iyun oylarida qancha kasallik aniqlangan (101 ta) bo‘lsa, iyul oyining o‘zida undan qariyb 1,9 baravar ko‘p yangi holatlar qayd etildi.

    Farg‘ona viloyatida 16-iyuldan beri endi yangi holatlar qayd etildi va 6 kishida koronavirus aniqlandi. 15-iyuldagi videoselektorda Prezident koronavirus bilan bog‘liq murakkab vaziyatdan chiqib ketish bo‘yicha Andijon, Namangan va Samarqand viloyatlari qatorida Farg‘onani ham misol qilib keltirib, og‘ir sharoitdan mazkur hududlardagi birinchi rahbarlar fidoyiligi, qattiqqo‘lligi uchun chiqib ketilganini ta’kidlagandi. Hozir shifoxonalardagi eng kam bemor aynan Farg‘ona viloyatidadir. Ular orasida birontayam og‘ir yoki o‘ta og‘ir ahvoldagi bemor yo‘q. Shunga qaramay, viloyat eng og‘ir vaziyatga ham tayyor turish uchun 9600 ta zaxira o‘rni tayyorlashga kirishgan. Eslatib o‘tamiz, 16-iyul kuni Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev Buvayda tumanidagi ekin maydonlarida karam yetishtirayotgan bolani karantin qoidalariga zid ravishda bag‘riga bosgani xabar qilingandi.

    Navoiy viloyatida 5 ta yangi holat koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Navoiyda iyul oyida 94 kishida koronavirus aniqlandi. Bu viloyatdagi jami kasallanish holatlarining 25 foiziga teng.

    Toshkent viloyatida 4 kishida koronavirus aniqlandi. 17-iyuldan boshlab Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent viloyatining ko‘rsatkichlarini Toshkent shahridan alohida bera boshladi. O‘sha kuni viloyatda birontayam yangi holat aniqlanmagandi, 18-iyul kuni 22 kishida, 19-iyulda 31 kishida koronavirus qayd etildi. Hozir Toshkent viloyati kasallanganlar soni (1735 nafar) bo‘yicha Toshkent shahridan keyin ikkinchi o‘rinda turibdi.

    Samarqand viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida 4 kishida infeksiya qayd etildi. Viloyatda iyul oyi boshidan beri 287 kishida kasallik tasdiqlangan. Bu jami kasallanish holatlarining 39 foiziga teng.

    O‘lim holatlari va ahvoli og‘ir bemorlar

    19-iyul kuni Olmazor tumani hokimligi “Mirzo G‘olib” mahallasida joylashgan 18-oilaviy poliklinika katta hamshirasi Feruza To‘xtayeva koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etganini ma’lum qilgandi. 20-iyul kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu o‘lim holatini tasdiqladi. Bundan tashqari, SSV 20-iyul kuni 3 ta yangi o‘lim holati haqida xabar berdi. Shuningdek, Olmaliqda bir necha kun oldin vafot etgan ikki ayolda o‘limidan so‘ng koronavirus tasdiqlangani ma’lum bo‘ldi.

    Birinchi o‘lim. Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashovchi 51 yoshli V.T. ismli erkakda 5-iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va u Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.

    Unga COVID-19 infeksiyasi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik sepsis, o‘tkir nafas va yurak-qon tomir, poliorgan yetishmovchiligi kabi asoratlar bilan kechgan. Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi hamroh kasalliklari bilan ham og‘rigan.

    Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

    Ikkinchi o‘lim. Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashagan 42 yoshli S.S. ismli erkakda 17-iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va u o‘ta og‘ir ahvolda Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan va sun’iy nafas oldirish apparatiga o‘tkazilgan.

    Unga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Bemorda kasallik sepsis, o‘tkir nafas yetishmovchiligining 4-darajasi, o‘tkir yurak-qon tomir yetishmovchiligi, poliorgan yetishmovchiligi kabi asoratlar bilan kechgan. Shuningdek, u yurak ishemik kasalligi, ‘stabil’ zo‘riqish stenokardiyasi, qandli diabetning dekompensatsiya bosqichi kabi hamroh xastaliklar bilan ham og‘rigan.

    Hamroh kasalliklar fonida kasallik asoratlari hisobiga bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan u o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

    Uchinchi va to‘rtinchi o‘lim. 20-iyul kuni Olmaliq hokimligi matbuot xizmati Epidemiyaga qarshi kurash bo‘yicha shahar favqulodda komissiyasining 19-iyul holati bo‘yicha epidemiologik vaziyatga doir axborotini e’lon qildi. Unda ta’kidlanishicha, epidemiya boshidan beri shaharda jami 28 kishida koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan, kasallik asoratlari oqibatida ikkita o‘lim holati yuz bergan.

    Olmaliqda koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatidagi birinchi o‘lim 9-iyul kuni qayd etilgan. “1969-yilda tug‘ilgan ayol 6-iyul kuni ikki tomonlama bronxopnevmoniya tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Bemordagi klinik belgilar koronavirusga o‘xshash bo‘lgani, jumladan, tana harorati ko‘tarilgani sabab 8-iyul kuni undan koronavirusga test olingan. Bemor 9-iyul kuni Olmaliq shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasida vafot etgan, test natijasi (musbat) o‘limidan so‘ng chiqqan”, — deya shahar SEOM rahbari Farruxbek Musayev “Daryo”ga ma’lum qildi.

    Olmaliq shahridagi ikkinchi o‘lim 15-iyul kuni qayd etilgan. “1957-yilda tug‘ilgan ayolda 13-iyul kuni ikki tomonlama bronxopnevmoniya tasdiqlangan, unga umumiy amaliyot shifokori tomonidan shifoxonada davolanish uchun yo‘llanma berilgan, biroq bemor yo‘llanmani rad etgan va uy nazoratida davolanishni davom ettirgan. Ahvoli og‘irlashgach, 15-iyul kuni Olmaliq shahar tibbiyot birlashmasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan, biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, shu kuni vafot etgan. Undan olingan test natijasi (musbat) ham o‘limidan so‘ng chiqqan”, — dedi Farrux Musayev.

    Olmaliqdagi o‘lim holatlari SSV tomonidan hozircha tasdiqlanmagan. Hokimlik rasmiylari ushbu o‘lim holatlari SSV tomonidan nima uchun ma’lum qilinmayotgani ularning o‘zi uchun ham tushunarsiz ekanini ta’kidladi.

    Beshinchi o‘lim. Toshkent shahri Mirobod tumanida yashagan 52 yoshli A.X. ismli erkak Rossiyada chap o‘pka yuqori bo‘lagi o‘smasini davolash va kimyoterapiya muolajalaridan so‘ng 5-iyun kuni O‘zbekistonga qaytgan. Bemorda holsizlik, ko‘krak qafasida og‘riqlar kuzatilgan va u 15-iyun kuni Yakkasaroy tumani tibbiyot birlashmasi statsionariga yotqizilgan.

    Unda 27-iyun kuni COVID-19 infeksiyasi borligi tasdiqlangan va bemor Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga o‘tkazilgan. A.X.ga COVID-19 infeksiyasining og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik sepsis, o‘tkir nafas yetishmovchiligining 2-darajasi kabi asoratlar bilan kechgan. Shuningdek, bemor o‘pka saratoni, gipertoniya hamroh kasalliklari bilan ham og‘rigan.

    Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramay, A.X.ning ahvoli keskin og‘irlashgan. U o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

    Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 91 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirus chalingach vafot etganlar soni 95 nafarni tashkil etmoqda. Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoshli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq shahri hokimligi 9 va 15-iyul kunlari shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar berdi. Biroq ushbu holatlar haqida SSV tomonidan ayni vaqtgacha axborot berilgani yo‘q.

    Shuningdek, taniqli rejissor Sarvar Karimov 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Ijtimoiy tarmoqlarda “Sanoatqurilishbank”ning Olmazor tumani xodimi Umida Usmonova 17-iyul kuni koronavirusdan vafot etgani xabar tarqaldi. Bank matbuot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, xodim ikki tomonlama pnevmoniya oqibatida hayotdan ko‘z yumgan, uning koronavirusga topshirgan testi javobi hali chiqmagan.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-iyuldagi videoselektorda koronavirusdan o‘lim holatlarining 80 foizi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelayotganini ta’kidlab o‘tdi. SSV statistikasi bo‘yicha hozirgacha koronavirus asoratlaridan 91 kishi vafot etgan, ulardan 53 nafari Toshkent shahrida qayd etilgan. SSV ma’lumotlari bo‘yicha Toshkent shahridagi o‘lim holatlari 58 foizni tashkil etmoqda. Bir kun oldin esa bu ko‘rsatkich 56 foizga teng bo‘lgan.

    Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 7760 nafar bemordan 79 nafari og‘ir, 29 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Bir kun avval ahvoli og‘ir bemorlar soni 81,  ahvoli o‘ta og‘ir bemorlar 23 nafarni tashkil etayotgandi. Sirdaryo, Farg‘ona va Navoiy viloyatlari hokimlari o‘z hududida o‘ta og‘ir ahvoldagi bemorlar yo‘qligini ma’lum qildi.

    Kasallikdan davolanish

    20-iyul kuni 184 nafar bemor koronavirusdan sog‘aygan. Ulardan
    • 69 nafari Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida;
    • 46 nafari Samarqand viloyatida;
    • 44 nafari Andijon viloyatida;
    • 14 nafari Buxoro viloyatida;
    • 11 nafari Jizzax viloyatida koronavirus infeksiyasidan tuzalgan.
    Hozirda kasallik qayd etilgan jami 17 314 nafar bemordan 9463 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 55 foizni tashkil etmoqda. Bir kun ichida bu boradagi ko‘rsatkich o‘zgarmadi. Bungacha oxirgi marta 30-aprel kuni davolanish ko‘rsatkichi 55 foizga teng bo‘lgan.

    O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan, ushbu yo‘nalishda yo‘riqnoma va eslatmalar ham e’lon qilingan.

    Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti, shu boisdan ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning qanchasi kasalxonalarda qolayotgani, qanchasi uy sharoitida davolanayotgani ma’lum emas.

    G‘ofurjon Mirzayev 20-iyul kuni Sirdaryo viloyati aholisiga qilgan murojaatida uy sharoitida davolanayotgan bemorlar bo‘yicha ma’lumot berdi. Hokimning so‘zlariga ko‘ra, viloyatda koronavirusdan davolanayotgan 190 nafar fuqarodan 57 nafari statsionar sharoitda, qolgan 133 nafari uy sharoitda davolanishda bo‘lib turibdi. Uy sharoitida davolangan 22 nafar bemor kasallikdan tuzalishga muvaffaq bo‘lgan.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlari bo‘yicha ayni paytda 7760 nafar bemordan 5595 nafari Toshkent shahrida davolanmoqda. Farg‘onada 18, Xorazmda 17, Jizzaxda 43, Navoiyda 52, Qoraqalpog‘istonda 90, Buxoroda 85, Qashqadaryoda 75, Namanganda 154, Surxondaryoda 128, Sirdaryoda 192, Samarqandda 130, Andijonda 241 va Toshkent viloyatida 940 nafar bemor qoldi.

    Karantindagilar

    Hozirda O‘zbekistonda uy karantinida 62 361 nafar, statsionar karantinda esa 24 628 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi. Bir kun ichida uy karantinidagilar soni 57 nafarga, statsionar karantindagilar soni 2469 nafarga ko‘paydi.

    21.07.2020, 00:10   Izoh (0)   121745
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda yana 135 ta yangi kasallanish holati qayd etildi. O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 17 314 nafarga yetdi

    20.07.2020, 23:51

    Farg‘onada karantindagilar uchun 9600 ta zaxira o‘rni tayyorlanayotgani ma’lum qilindi

    20.07.2020, 23:42

    Toshkentda koronavirusga chalingan 52 yoshli mirobodlik erkak vafot etdi

    20.07.2020, 23:31

    O‘zbekistonda shaharsozlik me’yorlari va qoidalarini yangilash uchun xorijiy kompaniya jalb qilinadi

    20.07.2020, 23:21

    Farg‘onaga Janubiy Koreyadan olib kelingan 4000 ta ekspress-testdan foydalanish boshlandi

    20.07.2020, 23:01

    Sirdaryoda koronavirusga chalinib, uy sharoitida davolangan 22 nafar bemor tuzaldi

    20.07.2020, 22:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Sistit — bu uyat emas!


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ukraina Rossiya harbiy aerodromlariga hujumga 1,5 yil tayyorgarlik ko‘rgan — OAV (foto)

    Dunyo | 1 iyun, 20:05

    Zinedin Zidan 100 mln yevrolik taklifni rad etdi

    Sport | 1 iyun, 19:40

    Pentagon rahbari Xitoyning Tayvanga hujumiga tayyorlanishga chaqirdi

    Dunyo | 1 iyun, 19:20

    Pokiston va Afg‘oniston chegarasida ISHID yetakchisidan biri ushlandi

    Dunyo | 1 iyun, 18:25

    Rossiyaning yadroviy qurol tashiydigan samolyotlari saqlanayotgan aerodromlar yalpi hujumga uchradi

    Dunyo | 1 iyun, 17:41

    Fransiyada “PSJ” g‘alabasidan keyingi tartibsizliklarda ikki kishi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 1 iyun, 17:30

    “Manchester Siti” “PSJ” futbolchisi uchun da’vogarlik qilmoqda

    Sport | 1 iyun, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.