O‘zbekistonda 2020-yil 20-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, yana 165 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi va kasallanganlarning umumiy soni 17 314 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilgan.
Yangi kasallanish holatlarining
- 135 tasi Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida;
- 10 tasi Surxondaryo viloyatida;
- 6 tasi Farg‘ona viloyatida;
- 2 tasi Sirdaryo viloyatida;
- Shuningdek, 4 tadan holat Samarqand, Jizzax va Toshkent viloyatlarida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 69 nafar, Samarqand viloyatida 46 nafar, Andijon viloyatida 44 nafar, Buxoro viloyatida 14 nafar hamda Jizzax viloyatida 11 nafar, jami 184 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan tuzalgan.
O‘zbekistonda COVID-19 kasalligidan sog‘ayganlar soni 9 463 nafarni (55 foiz) tashkil qildi. 7760 nafar bemor belgilangan standartlar bo‘yicha davolanishni davom ettirmoqda.
Izoh (0)