• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Sizlar hozirgi siyosatimizga, xalqimizga xiyonat qilyapsizlar” — Shavkat Mirziyoyev COVID-19 sababli Toshkent shahri va viloyati rahbarlarini tanqid qildi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-iyul, chorshanba kuni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida pandemiya bilan bog‘liq vaziyat muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazgani va unda koronavirusga qarshi kurashni samarali tashkil qilmagani uchun sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga hayfsan bergani haqida xabar qilingandi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus bo‘yicha respublikadagi eng og‘ir vaziyat Toshkent shahri va Toshkent viloyatida kuzatilmoqda. Prezidentning qayd etishicha, butun dunyoda koronavirusga qarshi kurash ketayotgan vaqtda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida “jilov bo‘sh qo‘yilgani” sababli bugungi vaziyat talabga javob bermaydi. “Odamlarning noroziligi yuzaga kelgani ham haqiqat”, — dedi davlat rahbari.

    “Bu yerda o‘tirgan rahbarlar, sizlar siyosatni tushunasizlarmi, yo‘qmi? Dunyoda qanday iqtisodiyot bo‘lyapti, vabo bilan qanday kurashilyapti, nimani tahlil qilyapsizlar, degan savol meni qiynaydi”, — deya savol qo‘ydi Prezident.

    Davlat rahbari koronavirus bilan bog‘liq murakkab vaziyatdan chiqib ketish bo‘yicha Andijon, Namangan, Farg‘ona va Samarqand viloyatlarini misol qilib ko‘rsatdi hamda og‘ir sharoitdan mazkur hududlardagi birinchi rahbarlar fidoyiligi, qattiqqo‘lligi uchun chiqib ketilganini ta’kidladi.

    “Toshkentda nima bo‘ldi? Toshkent viloyati nima bo‘ldi? Hokimlar va sektor rahbarlari o‘z hududidagi haqiqiy ahvolni umuman o‘rganmagan va ‘pastga tushmagan’. Sizlar hozirgi siyosatimizga, xalqimizga xiyonat qilyapsizlar. Qanday achchiq bo‘lsa ham, baho mana shunday.

    Urush paytidagi vaziyat hozir. Urushda faqat xalqning tinchligi, xalqning osoyishtaligi, xalqning sog‘lig‘ini o‘ylashimiz kerak. Eng asosiysi, birinchi rahbarlar tushunishni xohlamayapti. Ular o‘zlarining hududlaridagi tibbiyot muassasalariga biron marta kirmasdan, ular bilan uchrashmasdan, real vaziyatni o‘rganmagan va ko‘rmagan, desak adolatdan bo‘ladi”, — dedi Prezidenti.

    Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri va viloyatida aholini virusdan ogohlantirish va saqlash, kasallikni o‘z vaqtida va to‘g‘ri davolash uchun mas’uliyat umuman his qilnmaganini tanqid qildi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ham keyingi bir oyda koronavirusni davolash strategiyasi va taktikasi keskin buzilgani, real holatdan kelib chiqib, davolash amaliyoti o‘zgartirilmagani tanqid ostiga olindi.

    “Shifokorlar tomonidan bemorlarga nisbatan befarqlik va sovuqqonlik holatlariga ham yo‘l qo‘yilmoqda”, — dedi davlat rahbari.

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston bo‘yicha jami kasallarning 40 foizi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelayotganini qayd etib o‘tdi.

    “Agar bu yerda sadoqatli odamlar o‘tirganida, siyosatga xayrixoh odamlar o‘tirganida, Toshkentda shunday sharmandalik mumkinmidi? Toshkentda iloji bor-ku hamma narsaning” — dedi Prezident.

    Shuningdek, yig‘ilishda bu ikki hududda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash va aholini davolash ishlariga aloqador barcha vazirlik va idoralar, yirik tibbiyot muassasalari rahbarlaridan iborat 24 soat ishlaydigan shtablar tashkil qilish ko‘rsatmasi berildi.

    Toshkent shahri va viloyatidagi poliklinikalar huzuridagi mobil guruhlar sonini uch barobar ko‘paytirish vazifasi yuklatildi. Zangiota tumanida yaqinda ish boshlagan shifoxonadagi joy sonini yana 1000 o‘ringa ko‘paytirish topshirig‘i berildi.

    Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 14-iyul kuni o‘tkazilgan videoselektorda koronavirusga qarshi kurash uchun mamlakatda barcha zaxira va imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladi, biroq hozirda epidemiologik vaziyat juda og‘irligini aytdi. Shuningdek, davlat rahbari koronavirusni aniqlash uchun test topshirish jarayonini soddalashtirish, hududlarda uch oylik dori zaxirasini yaratish hamda dorixonalarda va bozorlarda narxlar oshishining oldini olish bo‘yicha topshiriq berdi. Shuningdek, zarur joylarda karantin choralarini kuchaytirish bo‘yicha topshiriq berildi.

    15.07.2020, 22:35   Izoh (0)   57606
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston fuqarolarining Janubiy Koreyaga kirish tartibi qat’iylashtirilishi mumkin

    15.07.2020, 22:22

    Namanganda xorijdan qaytganidan so‘ng karantin qoidalariga rioya etmagan shaxs 30 dan ortiq kishiga koronavirus yuqtirdi

    15.07.2020, 22:10

    Yevropa davlatlaridan 220 nafar o‘zbekistonlik charter reys orqali Toshkentga olib kelindi

    15.07.2020, 21:57

    Toshkent viloyati YHXB karantin payti shaxsiy “dacha”larga ham chiqishga ruxsat yo‘qligini ma’lum qildi

    15.07.2020, 21:45

    Prezident koronavirusga qarshi kurashni samarali tashkil qilmagani uchun Jahongir Ortiqxo‘jayev va Alisher Shodmonovga hayfsan berdi

    15.07.2020, 21:43

    O‘zbekistonda OTMlarga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 1 million nafardan oshdi

    15.07.2020, 21:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoy okeanlarni o‘rganish uchun o‘zining birinchi “aqlli” kemasini yaratdi

    Dunyo | 14 iyul, 23:55

    “Putin ko‘pchilikni aldagan, lekin meni aldolmaydi” — Tramp

    Dunyo | 14 iyul, 23:40

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 50 kun davom etgan gullar festivali yakuniga yetdi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 23:27

    Yer evaziga 600 ming dollar: O‘zbekistonda hokim o‘rinbosari va qator mansabdorlar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 22:40

    Obama Trampning tarif urushlarini tanqid qildi

    Dunyo | 14 iyul, 22:30

    “Ukrainani qurollantirish uchun AQSH Xitoydan qarz olishga majbur” — amerikalik senator

    Dunyo | 14 iyul, 22:10

    Yevroittifoq Isroilni jazolashning 10 ta usulini taklif etdi

    Dunyo | 14 iyul, 21:50

    Hayot mohiyatini ochib beruvchi 10 falsafiy multfilm

    Kino | 14 iyul, 21:35

    “Liverpul” Vinisius uchun “Real”ga katta summa taklif qildi

    Sport | 14 iyul, 21:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.