Tehron yaqinidagi aviahalokat qurboni bo‘lgan ukrainalik styuardessa Valeriya Ovcharukning Instagram’ga joylashtirgan oxirgi fotosi tarmoq foydalanuvchilarini to‘lqinlantirib yubordi.
Ular Ukrainaning Boeing 737 samolyoti bort kuzatuvchisi akkauntidagi so‘nggi matn ostida ko‘plab izohlar qoldirgan.
“Ishimni juda ham yaxshi ko‘raman”, — deyilgan 21-dekabr kuni joylashtirilgan va Tailand poytaxti Bangkokda olingani qayd etilgan suratda.
Foydalanuvchilardan biri “Go‘zal qiz ekan, ko‘p yillar yashasa bo‘lar edi”, deya izoh qoldirgan bo‘lsa, yana biri “Yo Xudoyim, yoshlarning joni uzilgani qanchalik achinarli”, deb afsus bildirgan.
Izoh (0)