Feldmarshal Xalif Xaftar boshchiligidagi Liviya milliy armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi taklifni rad qiladi. Bu haqda uning matbuot kotibi Ahmad al-Mismariy ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 8-yanvar kuni Istanbulda bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida Liviyada jangovar harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha tashabbus bilan chiqqandi.
“Liviya milliy armiyasi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tashabbusini olqishlaydi. Biroq qurolli kuchlarning terrorchi guruhlarni tor-mor etish bo‘yicha harakatlari davom ettiriladi”, — dedi Ahmad al-Mismariy.
Mavzuga doir: Xaftar armiyasi Liviya shimolidagi shaharni egalladi
Izoh (0)