AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Erondagi vaziyatni muhokama qilish uchun Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklariga boradi, deb xabar berdi “Exo Moskvi”.
Mayk Pompeoning ta’kidlashicha, gap shuningdek, Osiyo va Yevropada Eronga qarshi koalitsiyani shakllantirish haqida ham bormoqda.
Bugun Vashington Eron islom respublikasiga qarshi sanksiyalarni qat’iylashtirishni rejalashtirmoqda. Ikki mamlakat munosabatlari Eron tomonidan Amerika uchuvchisiz samolyoti urib tushirilganidan so‘ng keskinlashdi.
Izoh (0)