20-iyun kuni AQSh Ummon ko‘rfazida tankerlarga qilingan hujum va Amerika uchuvchisiz uchish qurilmasining urib tushirilishi sabab Eron qurollanish tizimiga kiberhujum uyushtirdi, deb xabar beradi BBC.
Ma’lum qilinishicha, kiberhujum natijasida Eron raketa qurilmalarini boshqaruvchi kompyuter tizimlari ishdan chiqarilgan.
AQSh mazkur hujumni Ummon ko‘rfazidagi tankerlarga hujum va o‘zining dronini urib tushirilishiga qasos sifatida amalga oshirgan.
Mustaqil manbalar Eron qurollanish tizimiga yetkazilgan zararni hozircha tasdiqlagani yo‘q.
Kiberhujumga bir necha hafta davomida tayyorgarlik ko‘rilgan. Maqsad AQSh razvedka dronini urib tushirgan raketa batareyalarini ishdan chiqarish bo‘lgan.
AQSh kiberxavfsizligi agentligi direktori Kristofer Krebsning so‘zlariga ko‘ra, Eron tomonidan Amerika hukumati va iqtisodiy obyetklariga bir necha bor kiberxavf qayd etilgan. Eron razvedka xizmati turli usullar orqali AQSh kompyuterlar tarmog‘ini nazorat ostiga olishga uringan.
Izoh (0)