Istanbul merligiga qayta o‘tkazilgan saylovda Turkiyaning muxolifatdagi Respublika xalq partiyasi nomzodi Akrom Imomo‘g‘li yana bir bor g‘olib bo‘ldi, deya xabar beradi Meduza.
Anadolu agentligining ma’lum qilishicha, sanab chiqilgan 99,37 foiz byulettenga ko‘ra, Imomo‘g‘li 54,3 foiz ovoz to‘plagan.
Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on boshchilik qiladigan Adolat va taraqqiyot partiyasining nomzodi, sobiq bosh vazir Binali Yildirim esa 45,09 foiz ovoz yiqqan.
Istanbul merligiga saylov 31-mart kuni o‘tkazilgan edi. Imomo‘g‘li Yildirimdan ko‘roq ovoz to‘plab, g‘olib chiqqandi: o‘sha kunning o‘zida muxolifatning yana bir nomzodi Anqara merligi saylovida ham g‘olib chiqqan. Imamo‘g‘li Istanbul merligi lavozimida ish boshlagan, biroq Turkiya Markaziy saylov komissiyasi may oyida Adolat partiyasining talabiga ko‘ra, saylov natijalarini bekor qilgandi.
Izoh (0)