Taniqli akrobat Nik Vallenda hamda uning singlisi Liyana Nyu-Yorkdagi Tayms-skver maydoni joylashgan osmono‘par binolar orasiga tortilgan arqondan yurib o‘tdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Ta’kidlanishicha, dorning uzunligi 396 metr bo‘lib, u binoning 25-qavatidan tortilgan.
Erkak singlisi tomon harakatlangan va dorning o‘rtasida ular bir-birining qarshisidan chiqqan. Shundan so‘ng, akrobatlardan biri ikkinchisining ustidan o‘tib, yo‘lni davom ettirgan.
Liyana Vallenda 2017-yili dordan yiqilib ko‘plab jarohatlar bilan shifoxonaga tushganidan so‘ng, mazkur tryukni bajarishga qaror qilgan.
Izoh (0)