AQSh senatorlarining bir guruhi “Kreml tajovuzidan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasining yangi talqinini taqdim etdi, u 2018-yilda ilk bor kiritilgan, ammo ko‘rib chiqilmagan, deya xabar beradi “Meduza”.
Qonun loyihasida Qora dengizdagi mojaro uchun sanksiyalar paydo bo‘lgan.
Yangi talqinda “Rossiyaning boshqa mamlakatlardagi demokratik institutlarni yo‘q qilish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash”ga nisbatan Rossiya banklariga qarshi sanksiyalar kiritilishi nazarda tutilgan.
Senatorlar shuningdek, Qora dengizdagi mojaroga aralashgan — “24 ta ukrainalik dengizchilarning hibsga olinishiga javoban”, “24 FХХ agenti”ga qarshi sanksiyalarni joriy qilishni xohlayapti.
Bundan oldingi talqindagi kabi, hujjatda yangi Rossiya davlat obligatsiyalari bilan operatsiyalarga qarshi sanksiyalarni joriy etish, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning aktivlarini aniqlash va senatorlarning uchdan ikki qismi qo‘llab-quvvatlamasdan AQShni NATOdan chiqarishni taqiqlash taklif etiladi.
12-fevral kuni Qo‘shma Shtatlar va Yevropa Ittifoqi Qora dengizdagi mojaro tufayli Rossiyaga qarshi sanksiyalarni muvofiqlashtirayotgani ma’lum bo‘ldi.
Xabarlarga ko‘ra, ular bir necha hafta ichida e’lon qilinishi kerak.
Izoh (0)