Filippin katolik cherkovi ruhoniylari prezident Rodrigo Dutertening mamlakat nomini Maharlika Respublikasi nomiga o‘zgartirish borasidagi taklifini qo‘llab-quvvatlamadi, deya xabar beradi “TASS”.
Qarshilik davlatning hozirgi nomi to‘g‘ridan to‘g‘ri nasroniy e’tiqodiga mosligi bilan bog‘liq.
Yepiskop Filippinni cho‘qintirishning 500 yilligi doirasida Duterte g‘oyasini nomunosib deb atadi.
Boshqa yuqori martabali cherkov ruhoniysi Broderik Pabilo Filippin Prezidenti so‘zlarini hatto sharhlashni ham ep ko‘rmasligini aytgan.
“Mamlakatda e’tiborga molik bo‘lgan boshqa bundanda muhim masalalar yetarli”, — deya izoh berdi Pablo.
Izoh (0)