13-fevral kuni Shimoliy Makedoniya Respublikasida avtobus ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda 13 dan ortiq kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Qayd etilishicha, 30 kishi kasalxonaga olib ketilgan, ularning ayrimlari og‘ir ahvolda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, soat 19:00 atrofida 50 nafar yo‘lovchi bo‘lgan avtobus yo‘ldan chiqib, Skopye shahri yaqinida ag‘darilib ketgan. Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)