Amerika hukumatining Venesueladagi vakili Elliott Abrams AQSh Venesuelaga qarshi harbiy operatsiyalarga tayyorgarlik ko‘rmayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh siyosati Venesuela xalqining demokratiyaga bo‘lgan istagini insonparvarlik, iqtisodiy va diplomatik yo‘llar orqali qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Uning ta’kidlashicha, harbiy operatsiyalar “biz tanlagan va biz borayotgan yo‘l emas”.
“Biz barcha yo‘llarini ko‘rib chiqyapmiz deganda, haqiqatdan ham barcha yo‘llarni ko‘rib chiqayotganimizni nazarda tutamiz”, — deb qo‘shimcha qilgan Abrams.
Avvalroq AQSh kongressining tashqi aloqalar bo‘yicha qo‘mita raisi Eliot Engel AQSh Vakillar palatasi Vashingtonning Venesuelaga qarshi harbiy intervensiyasini qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qilgan.
Izoh (0)