Moldaviyalik sportchi-ekstremal Dmitriy Voloshin 50 kilometr masofani Yoqutistonning minus 60 daraja sovug‘ida yugurib o‘tish bo‘yicha rekord qayd etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Oymyakon hududi bundan 80 yil oldin -71,2 daraja sovuq qayd etilgan Sovuq qutbi sanaladi.15-yanvar kuni sportchi 50 kilometr masofani -60°C sovuqda yugurib o‘tgan. Meteorologik ma’lumotlarga ko‘ra, his qilingan haqiqiy havo harorati -67 darajani tashkil qilgan. Qayd etilishicha,
Voloshin shifokorlar va qutqaruvchilar ko‘magisiz shunday masofani past haroratda bosib o‘tgan birinchi sportchi sanaladi.
Ekstremalning so‘zlariga ko‘ra, hech qanday libos Yoqutiston sovuqlariga dosh berolmaydi.“Bu mening sport faoliyatimdagi eng og‘ir sinov bo‘ldi. Bu ochiq osmonga chiqish bilan barobar, juda sovuq havo yetishmaydi. Hech qanday kiyim seni bunday sovuqdan asray olmaydi. Yugurish paytida yuzimni muzlatib qo‘ymadim, degan umiddaman. Nafas olishga juda qiynaldim — havoda kislorod juda kam edi. Menga nafasni ushlab turish bilimim as qotdi”, — deydi Voloshin.
Hayriya yugurish musobaqasi falaj bilan kasallangan 4 yoshli qizaloq Yeva Pismenyuk uchun o‘tkazilgan.Voloshin ushbu tadbirda sovuqda yugurish bo‘yicha rekord qayd etdi.
Izoh (0)