Ostonada istiqomat qiluvchi erkak 10 qavatli uyning tomidan o‘zini tashlab, joniga qasd qilishga urindi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar bermoqda.
Hodisa 15-yanvar kuni ro‘y berdi. Shu yerdan o‘tib ketayotgan Ozod ismli yigit uni bunday qilmaslikka ko‘ndirishga ikki soat urindi.
O‘zini pastga tashlamoqchi bo‘lgan erkak juda asabiylashar, goh ortga qaytib, goh tom yoqasiga kelardi.
Ozodning aytishicha, ikki soat davom etgan urinishlardan so‘ng u payt poylab, erkakni mahkam tutib oladi. Shundan so‘ng politsiya xodimlari yordamga yetib keldi va erkak bo‘limga olib ketildi.
Izoh (0)