Jangarilarning Keniya poytaxti Nayrobidagi mehmonxonaga hujumi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, 15 kishi Dusit majmuasiga hujum qurboni bo‘ldi. Kamida 30 kishi jarohatlandi”, — ta’kidladi poytaxt tibbiy doiralaridagi manba.
Mazkur terakt uchun javobgarlikni Somalining “Ash-Shabob” guruhi zimmasiga oldi.
Izoh (0)