Polshaning Koshalin shahrida kvest o‘yini davomida 5 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Jasadlar Escape Room kvest-xonasida chiqqan yong‘in o‘chirilganidan so‘ng topilgan.
15 yashar o‘smir qizlar hodisa qurboni bo‘ldi. Ular qizlardan birining tug‘ilgan kunini nishonlash uchun bu yerga kelgani aytilmoqda. Taxminlarga ko‘ra, qizlar is gazidan zaharlanib o‘lgan.
Kvest qoidalariga binoan, qizlar chiqish eshigini faqat barcha topshiriqlarni bajarganidan so‘ng ochishi mumkin. Yong‘in boshlanganda ular topshiriqlarning yarmini ham bajarmagan edi.
Izoh (0)