Dubayda narxi 1,5 million dollar bo‘lgan yaxta 11 nafar yo‘lovchi va ekipaj a’zolari bilan cho‘kib ketdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Hodisa 30-dekabr kuni Dubai Marina va Jumeirah Beach Residence tumanlari yaqinida yuz bergan, biroq bu haqda guvohlarning videolari tarqalganidan keyin ma’lum bo‘lgan.
https://twitter.com/TheNationalUAE/status/1081135650726760451
Politsiya qayig‘i yaxta bortida bo‘lganlarning barchasini qutqarib olgan. Sayyohlar orasida Fransiya, Rossiya va Buyuk Britaniyaning sakkiz nafar fuqarosi bo‘lgan.
Izoh (0)