Xitoyda NORINCO davlat sanoat kompaniyasi aviatsion bombaning “barcha bombalarning onasi” deb ataladigan yangi turini namoyish etdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, o‘tgan yilning dekabr oyida kompaniya bombani nomi oshkor qilinmayotgan joyda sinab ko‘rgan va u juda katta portlashni yuzaga keltirgan. Quvvati bo‘yicha qurol faqat atom bombasidan ortda qoladi.
Qayd etilishicha, bomba Xitoydagi eng kuchli noyadroviy bomba hisoblanadi. Uning og‘irligi sababli tashuvchi samolyot bir uchishda faqat bitta bombani olib ucha oladi.
Izoh (0)