Xitoy aholisi 2018-yilda 1,27 million kishiga qisqardi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra, mamlakatda o‘tgan yili tug‘ilgan chaqaloqlar soni 2017-yilga nisbatan 2,3 millionga kam bo‘lgan. Bu Xitoyning yangi tarixidagi eng yomon ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Tadqiqotchilarning fikricha, bu tendensiya ortga qaytmas bo‘lishi mumkin. Xitoyda tug‘ish yoshidagi ayollar erkaklardan ancha kam. Bundan tashqari, ko‘plab oilalar tibbiy yordam va ta’limga yordam xarajatlari sababli bolali bo‘lishdan bosh tortmoqda.
Izoh (0)