• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Bizni eshitishyapti: 2018-yilda jamoatchilik ijtimoiy tarmoqlar orqali nimalarga erishdi?

    2018-yil yakuniga yetib bormoqda. Bu davr ichida o‘zbek axborot maydonining o‘sishi va rivojlanishi davom etdi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, blogerlar, jurnalistlar, ayniqsa onlayn-nashrlar faollashdi, ko‘plab dolzarb masalalar ko‘tarildi, janjalli vaziyatlar yuzaga keldi. Oldingi yillardan farqli bir jihat — bu jarayonlarning bari OAVda yoritib borildi, ijtimoiy tarmoqlarda omma fikr bildirdi. Bu o‘z samarasini berib, aytilgan fikrlar inobatga olindi, ko‘pgina masalalar yo yechimini topdi, yo kerakli chora-tadbirlar ko‘rildi. Bir so‘z bilan aytganda, xalq munosabati, ayniqsa ijtimoiy tarmoqlar orqali aytilgan fikrlarga tezkorlik bilan munosabat bildirilishi o‘tgan yillardan ko‘ra ijobiy tomonga o‘zgardi, tarmoqlarda xalq tilga olgan muammolarning anchasi yechimini topdi. Yechimini topmagan masalalar ham qoldi albatta. Eng muhimi — dolzarb masalalarni keng muhokama qilish odatiy tus oldi.

    Foto: Google Photos

    “Daryo” nashri yil davomida ro‘y bergan va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilingan voqealarni esga olib o‘tishga qaror qildi.

    Aqto‘be fojiasi, Farg‘ona viloyati hokimi va toshloqliklar

    Yilning boshida — 18-yanvar kuni Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida o‘zbekistonlik yo‘lovchilarni olib ketayotgan avtobus yonib ketdi. Fojia oqibatida O‘zbekistonning 52 fuqarosi halok bo‘ldi. Qurbonlarning 16 nafari Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanidan edi.

    Foto: “Nur.kz”

    Aqto‘be fojiasi yuzasidan o‘tkazilayotgan yig‘ilishda Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev toshloqliklarni “haromi” deb so‘kdi. Tuman hokimiga esa, agar u mard bo‘lsa, “zaldan chiqib, yo‘qolib ketishni” tavsiya qildi.

    Shuhrat G‘aniyev.

    Shuhrat G‘aniyev.
    Foto: Xalqaro press-klub

    Bu voqea shov-shuvga sabab bo‘lib, hokimning imiji keskin yomonlashishiga olib keldi. Shunga qaramay, u o‘z mansabini saqlab qoldi.

    Skrin: “Daryo”

    Darvoqe, Aqto‘be fojiasi qurbonlarining yaqinlariga yordam berish uchun ijtimoiy tarmoqlarda huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev tashabbusi bilan aksiya uyushtirildi. To‘plangan mablag‘ jabrdiydalarga yetkazildi.

    Kattaqo‘rg‘onlik o‘qituvchi Diana  va majburiy mehnat muammosi

    Mart oyida Samarqand viloyatiga Prezident tashrif buyurishi arafasida maktab o‘qituvchilari hasharga olib chiqildi. Mana shunday ishga jalb qilingan o‘qituvchilardan biri — kattaqo‘rg‘onlik 23 yashar Diana Yenikeyeva “Kamaz” yuk mashinasi urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi.

    Diana oilasi bilan.

    Diana oilasi bilan.
    Foto: “Xabar.uz”

    Fojia o‘zbek jamiyatini to‘lqinlantirib yubordi. Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalar tinmadi, onlayn nashrlar voqealarni batafsil yoritib bordi, aybdorlarni jazolash talab qilindi. Fojia uchun javobgar idoralar va mansabdorlar jurnalistlar va blogerlar tomonidan keskin tanqid qilindi.

    Skrin: “Daryo”

    Deputatlar va davlat amaldorlari ham chetda turmay, o‘z fikrlarini bildirdi. Deputat Qodir Jo‘rayev birinchilardan bo‘ldi. Voqea yuzasidan surishtiruv o‘tkazilib, chora ko‘rilishi va’da qilingandan so‘ng bosh vazir Abdulla Aripov, so‘ng Prezident ham fojiaga munosabat bildirdi (1, 2).

    Skrin: “Daryo”

    Diana Yenikeyevaning o‘limi tufayli majburiy mehnat masalasi kun tartibiga keldi, bunday holatlarning oldini olish yo‘lida real qadamlar tashlandi.

    Skrin: “Daryo”

    Diananing o‘limida aybdor shaxslar ishdan olindi va javobgarlikka tortildi. Balki tasodifdir, lekin oradan ikki oy o‘tib, davlat rahbari xalq ta’limi vazirini butun jamoasi bilan almashtirdi. Uning o‘rnini Sherzod Shermatov egalladi. Bu tayinlov ijtimoiy tarmoqda katta xursandlik bilan qarshi olindi; Shermatovga ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomnidan ham katta ishonch bildirildi.

    Qahramon Quronboyev va kortej voqeasi

    Qahramon Quronboyev.

    Qahramon Quronboyev.
    Foto: Xalqaro press-klub

    Navbatdagi mojaro markazida Yoshlar ittifoqi raisi Qahramon Quronboyev bo‘ldi — u o‘zbek axborot maydonidagi ikki oylik sukunatni portlatib yubordi. U 5-iyun kuni OAV vakillari bilan uchrashuv o‘tkazganida dabdabali to‘ylar masalasiga to‘xtalib o‘tdi. Bu muammoning hal bo‘lishiga qo‘shgan hissasi haqida gapirarkan, Quronboyev vodiyda to‘y kortejini to‘xtatgani haqida so‘zlab berdi:

    Andijon, Farg‘ona va Namanganda yurganimda ko‘chada to‘y kortejini ko‘rib qoldim. Shunda mashinalarni hammasini to‘xtatdim-da, kelin bilan kuyovni tushirib, taksiga o‘tqazib, jo‘natib yubordim. Qolgan mashinalarni esa orqaga qaytardim. Shunaqangi dabdaba endi, ko‘chada hech kimga yo‘l bermaydi. Mayli, meni yomon ko‘rsin, Yoshlar ittifoqining viloyat bo‘limi rahbarini yomon ko‘rsin, lekin tartib kerak-ku! Agar yoshlarni biz tarbiyalay olmasak, Yoshlar ittifoqi tarbiyalay olmasa biz joyimizni bo‘shatib berishimizga to‘g‘ri keladi.
    Bu voqea jamoatchilik orasida norozilikka sabab bo‘ldi. Bu odamlarning shaxsiy hayotiga aralashish sifatida baholandi. “Kun.uz”da jurnalist Aziz Qarshiyevning “O‘zbekistonlik yoshlar Yoshlar ittifoqining yo‘lto‘sar raisidan iste’fo so‘raydi” nomi ostidagi rezonansli maqolasi e’lon qilindi. Quronboyevning o‘zi “Kun.uz”ga intervyu berib, unda o‘z xatti-harakatlarini oqlashga urindi.

    Skrin: “Daryo”

    Oradan bir muddat o‘tib, Shavkat Mirziyoyev Yoshlar ittifoqi raisini keskin tanqid qildi. Avgust oyining oxirida Qahramon Quronboyev Prezident maslahatchisi lavozimidan ketdi.

    Kattaqo‘rg‘onlik ayolning ichki ishlar bo‘limida tahqirlanishi va Xotin-qizlar qo‘mitasining faollashuvi

    Iyul oyida Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on shahrida ichki ishlar xodimi mayda jinoyat ustida qo‘lga olingan ayolni idorada haqoratlab, yechintirib, jarayonni videoga olgan edi. Videolavha internetda tarqalib, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining g‘azabini qo‘zg‘atib yubordi. Jinoyatga qo‘l urgani hali isbotlanmagan, holbuki aybdor bo‘lsa, sud jazo tayinlashi lozim bo‘lgan, fuqaro sifatida huquqlari buzilgan va tahqirlangan bu ayolni jamoatchilik himoya qildi.

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”

    Nihoyat Xotin-qizlar qo‘mitasi faollashdi — O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyevadan voqeaga munosabat bildirishni talab qilishdi. U dastlabki chiqishida “bu holat mutlaqo ichki ishlar idoralari faoliyatiga daxldor emas” degan jumla ko‘pchilikda taajjub uyg‘otgandi. Ikkinchi safar Norboyeva qat’iyroq pozitsiyada turdi:

    Hurmatli yurtdoshlar! Samarqandlik singlimizga qilingan qo‘pol munosabatni men ayol sifatida, qo‘mita rahbari sifatida keskin qoralayman. Shu kimsaning jazolanish jarayonini albatta shaxsiy nazoratimga olaman. Sud jarayonida ham albatta vakillarimizning qatnashib, ayol sha’nini himoya qilinishini ta’minlayman. Bunday holat qaytarilmasligi yuzasidan ichki ishlar vazirligi bilan muzokaralar tashkil qilinishini ma’lum qilaman
    Ayolni tahqirlagan ichki ishlar xodimi ishdan bo‘shatilib, unga nisbatan jinoiy ish ochildi. Sudni olib borgan viloyat sud raisining o‘rinbosari O‘tkir Mamadaliyev ayblanuvchini 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm etdi.

    Foto: “Daryo”

    Jabrlangan ayolga yordam berish uchun jurnalist Karimberdi To‘ramurod tomonidan xayriya aksiyasi tashkil qilindi. Tanzila Norboyeva ayolning uyiga tashrif buyurdil; ayolga psixolog va advokat biriktirildi, shuningdek, u ish bilan ta’minlandi.

    Skrin: “Daryo”

    Jamshid Kenjayevning pichoqlanishi, tungi klublarga cheklov qo‘yilishi va ma’naviyat haqida bahslar

    Foto: Telegram / @Daryo_Live

    8-avgustdan 9-avgustga o‘tar kechasi Yunusobod tumanidagi Aurum 898 tungi klubi oldida janjal oqibatida erkin kurash bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi, 25 yoshli Jamshid Kenjayev olamdan o‘tdi. Jamshid Kenjayevning o‘limida ayblanib Aurum 898 tungi klubining 4 qo‘riqchisi qamoqqa olindi. Aurum 898 klubi yopib qo‘yildi, tungi klublar esa 23:00 dan keyin ishlamaydigan bo‘ldi.

    Mavzuga doir:

    Aurum 898 tungi klubi qo‘riqchilari Jamshid Kenjayevni qanday pichoqlagani haqida gapirdi. Marhum sportchining o‘zi ham tanqid qilindi (video)

    Ko‘ngilochar maskanlarda qachon tartib bo‘ladi?

    Video: Tohir Malik nega tungi klublarga boradi?

    Lekin bunday qaror ba’zilar tomonidan “burgaga achchiq qilib, ko‘rpani yoqish”ga tenglashtirildi, “ma’naviyat” targ‘iboti kasriga erkinliklar, fikrlar xilma-xilligi cheklanayotgani, Toshkent shahri zerikarli bo‘lib qolayotgani aytildi. “Gazeta.uz” jurnalisti Nikita Makarenkoning “Pochemu ‘Ma’naviyat’ pogubit Tashkent?” maqolasi shu mavzuga bag‘ishlandi.

    Skrin: “Daryo”

    Makarenkoning fikrlari O‘zA, “Qalampir.uz” kabi nashrlarning noroziligiga sabab bo‘ldi, javob maqolalar e’lon qilindi. Natijada ma’naviyat tushunchasi haqidagi ochiq-oydin bahslar birinchi marta OAVda aks etdi, jumladan, ma’naviyat targ‘ibotiga qarshi fikrlar ham yangradi.

    Ikki Sherzod o‘rtasidagi munozara va maktab o‘quvchilarining televideniye orqali kamsitilishi

    Xalqaro press-klubning 12-sentabr kuni “O‘zbekiston 24” telekanali orqali efirga uzatilgan “Ta’lim sohasidagi tub islohotlar davrida ijtimoiy mas’uliyat va muammolarning zamonaviy yechimlari” mavzusidagi sessiyasi davomida 110-maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari efirda beruxsat ko‘rsatilib, ularning formasi tanqid qilindi. O‘sha sessiyada asosiy spikerlardan biri sifatida qatnashgan xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov 14-sentabr kuni press-klubning shov-shuvli lavhasini qoralab chiqdi:
    Xalq ta’limi vazirligidagi faoliyatimning boshidayoq formadan ko‘ra ancha muhimroq boshqa muammolar borligi haqida gapirib o‘tgan edim. Ammo, afsuski, haligacha ko‘pchilik faqat shu haqda gapirib, shunga chalg‘ib qolmoqda. Hammamiz o‘qituvchilar obro‘sini qo‘llab-quvvatlashga harakat qilayotgan bir paytda o‘quvchilar formasi masalasidan o‘qituvchining kiyimiga o‘tish noto‘g‘ri bo‘ldi, deb o‘ylayman. Hozir yuqori malakali o‘qituvchilarni topish shundoq ham qiyin. Bundan tashqari, televideniye orqali kimnidir uning roziligisiz salbiy ma’noda ko‘rsatayotgan paytda ularni tanib olish mumkin bo‘lmasligi uchun, yuzlarini yopish zarur. Sivilizatsiyalashgan jamiyatda shaxsning, ayniqsa, bolalarning omma oldida kamsitilishiga yo‘l qo‘yish mumkin emas!

    Foto: “Gazeta.uz”
    Xalqaro press-klub rahbari Sherzodxon Qudratxo‘jayevning vazirning ba’zi fikrlariga qo‘shilmasligini bildirdi:
    Nima uchun u o‘sha kuni indamadi? Men uning fikrlariga qo‘shilmayman. Bu bolalarni omma oldida kamsitish emas. Biz maktablardagi haqiqiy ahvolni ko‘rsatdik. Agar jamiyat buni shunday qabul qiladigan bo‘lsa, demak, bu jamiyatning muammosi. Nima uchun bolalarning yuzini yashirib qo‘yish kerak? Biz yuzlarni yashirib qo‘yish orqali kimnidir tahqirlashni istamaymiz, ular jinoyatchilar emas. Biz ularni ayblayotganimiz yo‘q.

    Sherzodxon Qudratxo‘jayev.

    Sherzodxon Qudratxo‘jayev.
    Foto: Xalqaro press-klub

    110-maktab vakillarining ma’lum qilishicha, tasvirga olish guruhi dushanba kuni maktabga kelib, ta’lim muassasini beruxsat syomka qilishni boshlagan. Sherzodxon Qudratxo‘jayevdan bu haqda so‘rashgan — maktab hududida tasvirga olish uchun ruxsatnoma bormidi? “Bu — davlat maktabi. Davlat teleradiokompaniyasi esa uni tasvirga olyapti. Kimdan ruxsat so‘rash kerak?”, — deb javob bergan Qudratxo‘jayev. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o‘quvchilar va o‘qituvchilar nafsoniyatini himoya qilib, Qudratxo‘jaevga e’tiroz bildirdi.

    Ariqdagi oltovlon voqeasi va O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosarining ishdan bo‘shatilishi

    27-oktabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda shumshayib turgan, ko‘rinishidan ziyoli, rahbarlarga xos qo‘lida bloknot tutgan olti kishining ariq suvida dong qotgan holati tasvirlangan  surat tarqaldi. Onlayn nashrlar olib borgan surishtiruv natijasida ma’lum bo‘lishicha, voqea Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida ro‘y bergan. Bosh vazir o‘rinbosari Zoyir Mirzayev tumanga g‘alla ekish va sug‘orish ishlarini tashkil etish jarayonini tekshirish uchun kelgan, reja bajarilmayotgani uchun javobgar bo‘lgan, shuningdek, ishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mansabdorlarni jazolash uchun ariq ichiga tushirib qo‘ygan.

    “Kun.uz” nashri olib borgan surishtiruv natijasida chinakam komediya yuzaga keldi: ariqqa tushgan shaxslar bu ishni o‘z ixtiyorlariga ko‘ra qilganini aytib, bir-biridan mantiqsiz tafsilotlarni o‘rtaga tashladi. Bu jihatdan tuman hokimi o‘rinbosari Sherzod Murodovning hikoyasi qiziq. Murodovga ko‘ra, voqea sal boshqacha yuz bergan — ya’ni u g‘allaga suv quyilmaganini aniqlagan va jahl ustida oyoq kiyimi bilan suvga tushgan.

    “Mana, suv bor-ku, deb, jahl ustida suvga tushdim... Fermerga suvni ko‘rsatmoqchi edim. Men ularni suvga tushirmadim. Ularning o‘zi tushdi. ‘Ariqda suv yo‘q’, deyilgandi. ‘Mana bor’, deb tushgandim, ular ham ergashib tushdi. Suvda ko‘p turmadik, bir daqiqa atrofida bo‘ldik”, — deya boshqa manzarani ko‘rsatdi Sherzod Murodov.

    Suvga “o‘zi anglagan holda tushgan” hokim o‘rinbosari nega atrofdagilar, xususan o‘zining qo‘li bog‘liq turganiga izoh bermadi. Uning aytishicha, “turish — shunaqa”.

    Skrin: “Daryo”

    Shunga qaramay, bosh vazir o‘rinbosarining aybi oshkor bo‘ldi. Dastlab ijtimoiy tarmoqlarda mansabini suiiste’mol qilgan amaldorga qarshi o‘ziga xos fleshmob — Ariq chellenj o‘tkazildi.

    Foto: Facebook

    Foto: Facebook

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”

    29-oktabr kuni esa Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga asosan Vazirlar Mahkamasida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik va uning har qanday ko‘rinishiga barham berish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda asosan Oqqo‘rg‘on voqeasi muhokama qilindi. Zoyir Mirzayev lavozimidan ozod etildi, ammo ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari g‘alabadan quvonib bo‘lishiga ulgurmay Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumaniga hokim etib tayinlandi.

    Darvoqe, yana ikki qiziq fakt bor. Birinchisi — “Ariqdagi oltovlon” surati Turkiyagacha yetib borib, bir mahalliy gazetada chop etildi.

    Foto: Telegram

    Ikkinchisi — shu surat bilan parallel ravishda ushbu holatga o‘xshash, ammo qo‘llarida kesak ko‘targan boshqa olti kishining surati ham tarqaldi. Bu voqea Bekobodda ro‘y bergani aniqlandi, ammo surishtiruv yakuniy xulosalar bermadi — ko‘p savollar ochiq qoldi.

    Foto: Facebook

    Qasamyod chellenj

    Foto: “Sirdaryo haqiqati” gazetasi

    Noyabr oyi ham internet foydalanuvchilarini zeriktirib qo‘ymadi: viloyatlarda fermerlarga qasamyod ichirish boshlanib ketdi. Bu o‘ziga xos “chellenj”ni Sirdaryo viloyati boshlab berdi — u yerda fermerlar “nopok ishlarga qo‘l urmaslikka” va yaxshi hosil yetishtirishga qasamyod qildi.  “Sirdaryo haqiqati“ gazetasi jarayonni juda chiroyli tasvirlab berdi:

    Guliston shahri hokimligi qarshisidagi yurt bayrog‘i maydonida g‘alladan mo‘l hosil yetishtirishga azm-u qaror qilgan Boyovut va Guliston tumanlari fermerlari o‘z ahdlariga, shon-shavkatlariga sodiqligini ifodalab, yurt taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shishni, nopok ishlarga qo‘l urmaslikni ezgu niyat qilib, qasamyod qabul qildilar.
    Viloyatda fermerlardan so‘ng shifokorlar ham qasamyodga keltirildi. So‘ng estafetani Samarqand viloyati ilib ketdi — Kattaqo‘rg‘onda shifokorlar qasamyod qildi. Chellenjga oxirgi bo‘lib andijonlik fermerlar qo‘shildi.

    Foto: “Xabar.uz”

    Tashabbusning mantiqsizligi ijtimoiy tarmoqlarda kulgi va hazillarga sabab bo‘ldi, turli memlar va latifalar urchidi. Rasmiy shaxslardan senator Maqsuda Vorisova qasamyodchilikni tanqid qildi.

    * * *

    Yil davomida boshqa, kichikroq voqealar ham bo‘ldi. Aynan jamoatchilik, jurnalistlar va blogerlar faolligi tufayli ular o‘z yechimini topdi. Jumladan:
    • “Indigo” teleshousida finalda hech qanday o‘rin berilmagan navoiylik matematik talant Muhammadali Totliboyev haqida o‘qituvchi va bloger Isroil Tillaboyev yozgan maqola shov-shuv bo‘ldi. Dastlab bolaning ismini ham bilmagan foydalanuvchilar Muhammadalining manzilini ham topib, unga ruhlantiruvchi xatlar va kitoblar sovg‘a qilib yubordi. U haqda gazeta jurnallar maqoalalar yozdi, televideniyeda ko‘rsatuvlar tayyorlandi, sobiq xalq ta’limi vaziri u o‘qigan sinfga borib suhbatlashdi;
    • Yil davomida nafaqat O‘zbekiston, balki dunyoning mashhur ommaviy axborot vositalari nigohida turgan voqealardan biri jurnalist Bobomurod Abdullaning sud jarayoni, sudda yangragan dahshatli haqiqatlar va jurnalistning sud zalidan ozod etilishi bo‘ldi;

    Bobomurod Abdullayev yaqinlari bilan.

    Bobomurod Abdullayev yaqinlari bilan.
    Foto: “Gazeta.uz”
    • “Troll.uz” kanalida Toshkent shahrida o‘rnatilayotgan installyatsiyalar aslida Xitoydan buyurtma qilingan, jahonda mashhur obidalarning arzon nusxalari ekani fosh etildi. Ko‘tarilgan shov-shuvdan so‘ng qisqa muddatda bu installyatsiyalarning aksariyati olib tashlandi;

    Foto: “Troll.uz”
    • “Troll.uz” blogi asoschisi Umid G‘afurov Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari yotoqxonasida noutbuk ishlatmaslik haqidagi xatni Telegram’da tanqid qilib chiqqan edi. Bu tanqidni o‘zlariga nisbatan haqorat deb bilgan ikki talaba universitetning boshqa talabalaridan “Troll.uz”ning Telegram-kanalini bloklashga chaqiriq bilan chiqdi. Buni eshitgan Umid G‘afurov shu kuniyoq universitet rahbariyatidan bu masaladan rasmiy izoh so‘rab post yozdi. Voqealar rivoji uzoq kuttirmadi — shu kuni kechga borib universitet rektori bloger va ikki talabani qabul qilib, vaziyatni kelishuv bilan hal qildi. Aytgancha, universitet talabalari noutbukdan foydalanishda davom etmoqda;
    • Shu yilning yana bir kashfiyoti xonanda San Jay bo‘ldi. Avvalo, u Sherali Jo‘ravening “Karvon ko‘rdim” qo‘shig‘ini zamonaviylashtirib kuyladi, so‘ngra Prezidentga murojaat yo‘llab, soqoli tufayli unga litsenziya berilmayotganini bildirdi. Uzoq bahs va munozaralar, OAVdagi shov-shuvli chiqishlardan so‘ng yaqinda unga litsenziya berildi.

    San Jay. Foto: “Novosti Uzbekistana”

    Keng muhokama qilingan masalalar

    Konkret shov-shuvli voqea-hodisalardan tashqari, dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolar keng muhokama qilindi. Ushbu muhokamalarda, ilgarigidan farqli ravishda, muammolar ochiq aytildi, barcha tomonlarning fikri eshitildi. Bular:

    - “O‘zbekiston havo yo‘llari” monopoliyasi;

    - OTMga kirish imtihonlarini tartibga solish, qabul kvotalari masalasi va h.k.;

    - majburiy obuna masalasi;

    - o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining oylik maoshi hamda majburiy mehnatga jalb qilinishi masalasi.

    Ijtimoiy tarmoqlar va onlayn-nashrlardan tashqari, blogerlar va jamoatchilik faollari uchun yangi muhokama maydonlari yuzaga keldi. “Fikrlar chorrahasi” ko‘rsatuvi, “Munosabat” tok-shousi shular jumlasidandir.

    Buning natijasida turli sohalarda ozmi-ko‘pmi o‘zgarishlar ro‘y berdi, choralar ko‘rildi, davlat idoralari blogerlar bilan hamkorlik o‘rnata boshladi. Hatto Prezidentning nutqida bloger Farhod Fayzullayevning kanalidan iqtibos keltirilishi e’tibor qay darajada kuchayganini ko‘rsatadi. Shunday qilib, 2018-yilda erishilgan eng katta yutuqlar o‘zbek axborot maydonining shakllanishi, jamoatchilik va rasmiy idoralar o‘rtasida aloqalar yo‘lga qo‘yila boshlagani bo‘ldi.

    Muammolar

    Tugayotgan yilda muammolar ham yetarlicha bo‘ldi. Aytaylik, paxta mavsumida budjet ishchilarini va o‘quvchilarni noqonuniy mehnatga jalb qilish holatlari kuzatildi; “O‘zbekkonsert”ning xurmacha qiliqlari davom etdi; ko‘pgina sohalardagi monopoliya, tanqidlarga qaramay saqlanib qolmoqda. Maktab formasi masalasi ham ko‘p munozaralarga sabab bo‘ldi, lekin yechimlar topilmadi.

    Bir guruh blogerlarning hibsga olinishi, shuningdek, Facebook, YouTube kabi yirik resurslarning ishlamay qolishi jamoatchilikning xavotiriga sabab bo‘ldi. Ushbu saytlarning ochilishi, shuningdek, internet sifatining pastligi bilan bog‘liq muammolar haligacha yechimini topgani yo‘q.

    Shunday bo‘lishiga qaramay, erishilgan yutuqlar salmog‘i kattaroqligini inobatga olib, yangi yil so‘z erkinligi, aholining faollashuvi hamda iqtisodiy o‘sish masalalarida yanada muvaffaqiyatli o‘tishiga ishonib qolamiz.

    Eldar Asanov va Isroil Tillaboyev tayyorladi

    Mualliflar fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    30.12.2018, 22:27   Izoh (0)   21048
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Fuqarolarni xorijga ishga jo‘natishni vaʼda qilgan litsenziyasiz tashkilotlar jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 12 may, 23:50

    “Daryo” dayjesti: 12-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 12 may, 23:30

    Andijonda Equinox tez yordam mashinasi bilan to‘qnashdi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:50

    Samarqandda uch kishi bir bolani kaltakladi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:40

    Toshkentda elektr tarmoqlar korxonasining ikki xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:30

    Navoiyda maktab direktori o‘quvchilarni kaltakladi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:20

    Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan 900 mln yevro ajratadi

    Dunyo | 12 may, 22:20

    Pentagon migrantlarni Guantanamoga olib borish va qaytarish uchun millionlab dollar sarfladi

    Dunyo | 12 may, 22:10

    Qamchiq dovonida ikki kishi yuk mashinasi xandaqqa tushib ketishi oqibatida kabinaga qisilib qoldi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 21:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.