Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida gumonlanuvchi ayolni qip-yalang‘och yechinishga majbur qilgan va buni videoga tushirgan ichki ishlar organi xodimi ishdan bo‘shatildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Avvalroq, 4 iyul kuni “Ozodlik” radiosi sayti tomonidan “Kattaqo‘rg‘on militsiya bo‘limiga olib kelingan ayollar qip-yalang‘och qilib tahqirlandi” nomli videoxabar tarqalgan edi. Sayt bu voqea 3-iyun kuni Samarqand viloyat Kattaqo‘rg‘on shahar IIB binosida bo‘lgani, ayolni yechinishga majburlagan shaxs esa IIB Jinoyat-qidiruv bo‘limi tergovchisi San’at Umarov ekanini yozgan edi.

Viloyat IIB tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, noqonuniy xatti-harakat qilgan xodim Kattaqo‘rg‘on shahar IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi tezkor vakili Umarov San’at Sulaymonovich ekanligi aniqlanib, ichki ishlar organlari xodimlari safidan bo‘shatildi.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyat prokuratura idoralari tomonidan Jinoyat kodeksining 206-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, voqea Tergov bo‘limida yoki aynan tergovchi tomonidan sodir etilmagani aniq. Xususan, viloyatda San’at Umarov ismli tergovchi yo‘q, videoda aks etgan bino ham Tergov bo‘limining binosi emas.

Samarqand viloyat IIB matbuot xizmatining “Daryo”ga taqdim etgan axborotidan

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov oilaviy nizolar tufayli ijara uyda yashamoqda (video)
Mahalliy
“Odamlar o‘limida o‘zimni aybdor hisoblamayman” — Nukusdagi tartibsizliklar yetakchisi Dauletmurat Tajimuratov
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchining onasi “zamdirektor”ni kaltakladi