Innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari Sherzod Shermatov xalq ta’limi vaziri etib tayinlandi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Foto: “Gazeta.uz”

“Kun.uz”ning aniqlashtirishicha, 20-iyun kuni bosh vazir o‘rinbosari, ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari kompleksi rahbari Aziz Abduhakimov rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Ulug‘bek Inoyatov ishdan olinib, vazirlikka Sherzod Hotamovich Shermatov yangi rahbar etib tayinlangan.

U joriy yil fevral oyida innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari etib tayinlangan edi. Unga qadar axborot texnologiyalar va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritgan edi.

Shuningdek, xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Qodirboy Bekturdiyev hamda vazir o‘rinbosarlari Jahongir Siddiqov va Dilshod Kenjayevlar egallab turgan lavozimlaridan bo‘shatildi.

Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari  vazifasini bajaruvchilar etib innovatsion rivojlanish vazirining sobiq o‘rinbosari Otabek Nazirov hamda innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari v.b. Alisher Umarovlar tayinlandi.

Eski jamoadan xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimini faqat Alisher Sa’dullayev saqlab qoldi.