Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Prezidenti 29-oktabr kuni barcha darajadagi davlat hokimiyati organlari rahbarlarining majburiy mehnatning har qanday shakl va ko‘rinishlariga yo‘l qo‘ymaslik borasidagi javobgarligini oshirish to‘g‘risida farmon qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: Google Photos

Foto: Google Photos

Ushbu farmonga muvofiq, g‘alla ekish va sug‘orish ishlarini tashkil etish jarayonida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani bois Mirzayev Zoyir Toirovich O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari –Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksining rahbari lavozimidan ozod etildi.

Hujjatda O‘zbekiston Bosh prokuroriga qishloq xo‘jaligi ishlari chog‘ida yo‘l qo‘yilgan qonun buzilish holatlari yuzasidan tekshirish o‘tkazish, O‘zbekiston Bosh vaziriga, joylardagi davlat hokimiyati organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlariga majburiy mehnatning barcha shakl va ko‘rinishlariga barham berishga qaratilgan chora-tadbirlarni samarali amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.

Oldinroq Zoyir Mirzayev lavozimidan ozod etilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk, avtomototransportni boshqa shaxsga o‘tkazishda davlat boji miqdorlari kamaytirildi
Mahalliy
Elektr va gazdan shikoyat qilgan fuqarolarni qamoq bilan “ogohlantirgan” deputat o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozdi
Mahalliy
O‘zbekistonning katta qismida hafta oxiriga borib anomal sovuq bo‘lishi kutilmoqda