Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

14-mart kuni Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida ko‘cha tozalash ishlariga jalb qilingan 23 yoshli Diana Inikovani katta yo‘ldagi to‘siqlarni oqlash chog‘ida yuk mashinasi urib ketgan. O‘qituvchini zudlik bilan shifoxonaga olib borilganiga qaramay, vafot etgan, deb xabar berdi “Xabar.uz”.

Foto: “Xabar.uz”

Foto: “Xabar.uz”

Kecha, 15-mart kuni Diana Inikova dafn qilingan. Ma’lumotlarga ko‘ra, marhuma endigina oliy o‘quv yurtini tamomlab, maktabda mehnat ta’limi fanidan dars bera boshlagan.

Noxush hodisa sodir bo‘lgan mazkur hududda yo‘ldagi tozalash ishlari hamon to‘xtatilmagan, o‘qituvchilar ishlashda davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Xalqaro press-klubning o‘tgan yili avgustda bo‘lib o‘tgan anjumanida ishtirok etgan xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov maktab o‘qituvchilarining obodonlashtirish va qishloq xo‘jaligi ishlariga majburiy jalb etilishi holatlariga munosabat bildirgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda 2022-yilda o‘rtacha oylik ish haqi qancha bo‘lgani ma’lum qilindi
Sport
Muxlislar “Roma” futbolchisi haqida: “Qo‘rqoqlar va sotqinlar ketishi lozim”
Sport
Karlo Anchelotti: “Barselona”dan 5 ochko ortdamiz, biroq oldinda hali uzoq yo‘l bor