Checheniston xalq artisti San Jay soqolini kaltalatish sharti bilan “O‘zbekkonsert” dan litsenziya oladigan bo‘ldi. Bu haqda San Jay o‘zining tarmoqlardagi sahifasiga joylashtirgan video lavhada ma’lum qildi.

Foto: “Daryo”

Hozirgina ‘O‘zbekkonsert’ direktori Odil akaning oldidan chiqib kelyapman. Hamma uchun yaxshi yangilik, bugundan boshlab litsenziya olaman. Juda ham xursandman, baxtim yuragimga sig‘mayotganligi uchun buni sizlar bilan bo‘lishmoqchi edim. Hozirgina ‘O‘zbekkonsert’ direktori Odil aka bilan ko‘rishdim, Odil aka O‘zbekistonda bo‘lmaganliklari uchun, xizmat safarida bo‘lganliklari sababli men bilan gaplasha olmagan ekanlar. Odil aka bilan gaplashib, hamma narsani kelishib oldik. Odil akanining ham gaplari to‘g‘ri, shuning uchun men soqolimni hammasini olib tashlamasam ham, kamaytirib, bundan ham chiroyliroq qilib, xalq xizmatida bo‘lishga tayyorman. Chunki biz bir-birimizni qo‘llab-quvvatlab, hurmat qilmasak ijod qilishimiz juda ham qiyin bo‘ladi. Bugundan boshlab menda litsenziya bor. Odil aka sizga kattakon rahmat, soqolimni iloji boricha kamaytiraman.

San Jay, Checheniston xalq artisti