Qo‘qon shahrida yashovchi D.A. otasi I.A.ning uyida turmush o‘rtog‘i bilan “san-man”ga bordi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
U o‘zaro janjal tufayli turmush o‘rtog‘i N.A. tanasining turli joylariga pichoq urdi. So‘ng o‘zining bo‘yniga pichoq urib, jarohat yetkazdi.
Hodisa oqibatida N.A. voqea joyida halok bo‘ldi. D.A. esa kasalxonaga yotqizildi.
Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)