Toshkent shahrida metallni qayta ishlovchi yuqori texnologik zavod ochiladi, deb yozadi Spot.
Bektemir tumani Rohat ko‘chasida joylashgan zavodning rasmiy ochilish marosimi 12-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Loyiha O‘zbekiston hukumati, Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi ko‘magida amaliyotga tatbiq etildi.
Zavodning ochilish marosimida Shveysariya iqtisodiyot, ta’lim va ilmiy tadqiqotlar federal vaziri Iogan Shnayder-Amman boshchiligidagi Shveysariya delegatsiyasi ishtirok etadi.
Izoh (0)