Kriptovalyutani tartibga solish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqargan Janubiy koreyalik oliy martabali amaldor o‘lik holda topildi, deb xabar berdi Meduza.
“Ryonxap” agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 52 yoshli Chon Ki Junning jasadi 18-fevral kuni o‘z uyidan topilgan. Politsiya amaldorning o‘limi yuzasidan tergov ishini boshlab yubordi. Dastlabki versiyalarga ko‘ra, u yurak xurujidan vafot etgan.
The Wall Street Journal’ning ma’lum qilishicha, Chon Ki Jun kriptovalyuta bozorini tartibga solish bo‘yicha turli bo‘limlarning ishlarini muvofiqlashtirish uchun javobgar bo‘lgan.
Marhumning do‘stlarini aytishicha, Chon Ki Jun o‘tgan yili yangi lavozimga tayinlanganidan buyon kuchli stressni boshidan o‘tkazgan.
Izoh (0)