Moskva viloyatining Odinsovo shahrida MDH davlatlari aksilterror markazlari rahbarlarining XI yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda MDH aksilterror markazi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Tadbirda MDH davlatlari xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari delegatsiyalari, xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
Yig‘ilish kun tartibiga terrorizm tahdidining bugungi holatini baholash, xalqaro terrorchi tashkilotlar ta’sir doirasining dunyoning boshqa mintaqalariga ko‘chish ehtimoli, MDH davlatlari tashqi chegaralarida terrorizm ko‘rinishlarining oldini olish masalalari kiritilgan.
Joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan MDH aksilterror mashg‘ulotlariga ham alohida e’tibor qaratiladi.
Izoh (0)