Livan armiyasi “har qanday uslublar” bilan Isroilning ehtimoliy tajovuzini qaytarishga tayyor. Bu haqda mamlakat armiyasi qo‘mondoni Imad Aun ma’lum qildi, deb xabar beradi “Izvestiya”.
Aun Isroil mudofaa vaziri Avigdor Libermanning O‘rta yer dengizidagi shelf uchastkalaridan biri Tel-Avivga tegishli ekanligi haqidagi bayonotiga shu tariqa izoh berdi.
Qo‘mondon Livan suvereniteti va iqtisodiy manfaatlari kamsitilishiga aslo yo‘l qo‘yilmasligini bildirdi.
Fevral oyi boshlarida Livan mamlakat havo hududlari Isroil harbiy samolyotlari tomonidan buzilayotganidan shikoyat qilgandi. Undan oldin Tel-Aviv Livan chegarasi bo‘ylab devor qurishni boshladi.
Izoh (0)