“Tolibon” radikal harakati jangarilari Afg‘oniston g‘arbida hukumatga qarashli to‘rtta nazorat-o‘tkazish postini qo‘lga oldi va 20 dan ortiq politsiyachini o‘ldirdi, deb xabar beradi “Interfaks”.
“Qurollangan jangarilar o‘tgan kechada Faraxrud aholi yashash punktidagi uchta nazorat-o‘tkazish posti va Farax viloyatidagi yana bir postni qo‘lga oldi hamda 24 nafar politsiyachini o‘ldirdi. Terrorchilar yana to‘rt nafar politsiyachini o‘g‘irlab ketgan. Ularning hozirgi ahvoli noma’lum”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)