Turkiyadan shishirilgan qayiqda qochib ketgan 17 nafar fuqaro Gretsiyadan siyosiy boshpana so‘radi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Qayd etilishicha, ular Inusses orolida tushib qolgan. Ularning barchasi Xiosga olib kelingan va portning mansabdor shaxslarga topshirilgan.
“Gap Erdo‘g‘onning rejimi tufayli o‘zlariga qamoq jazosi xavf soladigan turk davlat xizmatchilari va sudyalari haqida ketmoqda. Ularning barchasi ro‘yxatga olish maqsadida qochoqlarni qabul qilish markaziga o‘tkazilgan”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)