Rossiya ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xodimlari M-4 “Don” yo‘lidagi yo‘l tekislovchi mashina va yengil avtomobil ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasini o‘rganmoqda, deb xabar beradi “TASS”.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 10-fevral kuni Toshkent vaqti bilan 21:20 da trassaning 927-kilometrida Opel avtomobili boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l tekislovchi mashinaga borib urilgan.
“YTH oqibatida haydovchi vauning ikki yo‘lovchisi halok bo‘lgan. Holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)