Dubayda 12-fevral, dushanba kuni dunyodagi eng baland mehmonxona — Gevora ochilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Shu paytgacha balandlik bo‘yicha rekord Dubayning yana bir mehmonxonasi — JW Marriot Marquis’ga tegishli edi. Uning 72 qavatli ikki minorasining balandligi 355 metrga teng.
Yangi mehmonxona ham markaziy Shayx Zayd ko‘chasida joylashgan bo‘lib, 75 qavatdan iborat, balandligi esa 356 metr.
Izoh (0)