Pokistonda Kvettadan Karachiga yo‘l olgan yo‘lovchi avtobusi Belujistonda jarlikka qulashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, kamida 15 kishi yaralandi. Bu haqda “Izvestiya” xabar bermoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus haydovchisi yo‘lning murakkab qismida boshqaruvni uddalay olmagan. Bunga yomg‘irdan so‘ng yo‘lning sirpanchiq bo‘lgani sabab sifatida ko‘rilmoqda.
Jabrlanuvchilar kasalxonaga yotqizildi. Rasmiylar hodisa yuzasidan tekshiruv boshladi
Izoh (0)