Gonkongda ikki qavatli avtobus ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida eng kamida 19 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Avtobus noma’lum sabablarga ko‘ra yon tomonga ag‘darilib ketgan. Qurbonlar orasida 17 nafar erkak va ikki ayol kishi bor.
Avtobusning ag‘darilishiga haydovchi tomondan tezlikning oshirilishi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Jabrlanganlar shifoxonaga olib ketilgan. Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)