3-fevral kuni Afrikaning Benin davlati qirg‘oqlarida Panamada ro‘yxatga olingan Marine Express tankeri yo‘qolib qolgan edi. Qaroqchilar bortida 22 nafar hindistonlik dengizchi bo‘lgan tankerni qo‘yib yubordi, deb xabar beradi “TASS”.
“Ekipaj a’zolarining barchasi sog‘-salomat. Kemadagi yukka zarar yetmagan”, — deyiladi xabarda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Panamada ro‘yxatga olingan Marine Express kemasi umumiy qiymati 8,1 million dollarga teng 13,5 ming tonna yoqilg‘ini olib ketayotgan edi.
Kema so‘nggi bor 31-yanvar kuni, Beninning Kotonu port shahriga yaqinlashganida aloqaga chiqqan.
Izoh (0)