Amerika fond bozorida narxning tushishi sabab dunyoning 500 nafar eng badavlat kishilari bir kunda 114 milliard dollar yo‘qotdi, deb xabar beradi “Vedomosti”.
Hajmi bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turuvchi Berkshire Hathaway investorlik kompaniyasi asoschisi va rahbari 87 yoshli Uorren Baffet narxlar tushishidan eng ko‘p zarar ko‘rdi. U bir kunda 5,1 milliard dollar yo‘qotgan. Kompaniya qiymati 9,2 foizga arzonlashgan Wells Fargo & Co. xoldingining yirik aksioneri hisoblanadi.
Baffet Bloomberg reytingida bir kunda 1 milliarddan ko‘proq mablag‘ yo‘qotgan 18 nafar milliarderlardan biri, deya e’tirof etilgan. Undan so‘ng reytingda daromadi 3,6 milliard dollarga kamaygan Facebook asoschisi Mark Sukerberg joy olgan.
Dunyoning eng badavlat kishisi — Amazon asoschisi Jeff Bezos bir kunda yirik miqdorda daromad yo‘qotganlar ro‘yxatida uchinchi bo‘ldi. Uning daromadi 3,3 milliard dollarga kamaydi.
5-fevral Amerika fond bozori uchun so‘nggi yetti yil ichidagi eng yomon yil bo‘ldi.
Izoh (0)