Malayziyaning 2014-yili yo‘qolgan MH370 samolyotini qidirishda ishtirok etayotgan Seabed Constructor kemasi (AQSh) radarlardan g‘oyib bo‘ldi va uch sutkadan ko‘proq aloqaga chiqmadi. Bu haqda “Izvestiya” xabar bermoqda.
Kema Ocean Infinity kompaniyasiga tegishli bo‘lib, 22-yanvar kuni Hind okeanida, Avstraliya qirg‘oqlari yaqinida qutqaruv operatsiyasiga qo‘shilgandi.
1-fevral kuni Seabed Constructor radarlardan yo‘qoldi va aloqaga chiqmay qo‘ydi. Uni faqat oradan 80 soat o‘tibgina aniqlashga muvaffaq bo‘lindi.
Ekspertlarga ko‘ra, Seabed Constructor ekipaji Malayziya layneri o‘rniga xazinalar qidirish bilan shug‘ullanish uchun kema manzilini atayin yashirgan bo‘lishi mumkin: 2016-yili bu hududda XX-asrga mansub savdo kemasi bo‘laklari topilgandi.
Izoh (0)