“Tayfun” zirhli mashinasining bazasida Rossiya Havo-desant kuchlari uchun yangi himoyalangan avtomobil yaratildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Rossiya harbiy idorasining ma’lum qilishicha, avtomobilning o‘ziga xos jihati — shaxsiy tarkib himoyasining ta’minlanganligi va zamonaviy qurollar kompleksi bilan jihozlanganligi. U parashyut yordamida havodan ham tashlanishi mumkin.
Bugungi kunda yangi harbiy mashina maxsus maydonlar va poligonlarda sinovdan o‘tkazilmoqda.
Shuningdek, Rossiya Mudofaa vazirligining qayd etishicha, Havo-desant kuchlari uchun ushbu avtomobillar 2019-yildan boshlab seriyali ishlab chiqariladi.
Izoh (0)