Suriyada uch kun ichida uch nafar brigada generali halok bo‘ldi. Bu haqda WarJournal tomonidan ma’lum qilingan.
Ma’lumotga ko‘ra, 2-yanvarda Suriya quruqlik qo‘shinlarining brigada generali Habib Mahriz Yunusning o‘limi haqida xabar berilgan. U Xarastadagi janglar vaqtida halok bo‘lgan.
Avvalroq isyonchilar bilan bo‘lgan to‘qnashuvda general Ali Diopaning halok bo‘lgani xabar qilingan. 31-dekabrda Xarastadagi harbiy baza uchun bo‘lib o‘tgan jangda brigada generali Muhammad Jenad qurbon bo‘lgan.
Izoh (0)