KXDR hukumati Pxenyandan shimolda joylashgan maydonda amalga oshiriladigan yangi raketa sinoviga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi, deb yozadi “TASS” Amerikaning CBS telekanaliga tayanib.
Uning manbalari ma’lumotlariga ko‘ra, tayyorgarlik ishlari 2017-yil noyabrida qit’alararo ballistik raketa sinalgan joyda boshlangan. Telekanal qayd etishicha, hisob-kitoblar to‘g‘ri bo‘lsa, raketa parvozi shu haftada yoki kelasi haftada amalga oshiriladi.
Boshqa bir telekanal — NBC manbalariga asoslanib xabar qilishicha, KXDR yangi raketa sinovini shu hafta o‘rtasida o‘tkazishi mumkin.
Izoh (0)