Bitkoin — haqiqiy ko‘pik. Investor Uorren Baffet Omaxada talabalar bilan uchrashuv chog‘ida kriptovalyutaga shunday baho berdi, deya ma’lum qiladi “Korrespondent.net”.
Uchrashuvda gap bitkoin haqida ketdi. Milliarderda birinchi kriptovalyuta qiymati va kapitallashuvi keskin oshishi katta taassurot qoldirmadi.
“Bitkoinni baholash mumkin emas, chunki u nimadir yaratadigan aktiv hisoblanmaydi. Uning narxi yana qancha ko‘tarilishini ham taxmin qilishning iloji yo‘q, chunki bitkoin haqiqiy ko‘pik”, — dedi Baffet.
Izoh (0)