Meksika shimolidagi Tixuana shahrida joylashgan qariyalar uyida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reforma gazetasiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yana ikki nafar jabrlanuvchining ahvoli og‘ir.
Yong‘inga aynan nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum. Taxminlardan biriga ko‘ra, noxush hodisaga qisqa tutashuv sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
2015-yilning iyunida shu shtat — Quyi Shimoliy Kaliforniyadagi qariyalar uyida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘lgan edi.
Izoh (0)