Kataloniya hukumati va parlamenti tarqatib yuborildi. Bu haqda Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoy 27-oktabr, juma kuni kechki payt ma’lum qildi, deya xabar beradi Meduza.
Raxoyga ko‘ra, Kataloniya parlamentiga muddatidan oldingi saylovlar 21-dekabrda bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng deputatlar mintaqaning yangi hukumatini tayinlaydi.
Avtonomiya hukumati to‘liq tarqatib yuborilishidan tashqari mahalliy politsiya rahbari Xosep Luis Trapero ham lavozimidan chetlatildi.
Eslatib o‘tamiz, Kataloniya parlamenti 27-oktabr kuni mustaqillik to‘g‘risidagi deklaratsiyani qabul qildi. Shundan so‘ng Ispaniya senati mamlakat hukumatining mintaqada to‘g‘ridan to‘g‘ri boshqaruv joriy etish to‘g‘risidagi qarorini ma’qulladi.
Izoh (0)