AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan “Suriya demokratik kuchlari” muxolifat tuzilmasi Dayr-az-Zordagi eng yirik gaz koni — Konoko qo‘lga kiritilganini ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Tuzilma qurolli kuchlari qo‘mondoniga ko‘ra, mazkur kon Dayr-az-Zorni ozod qilish bo‘yicha operatsiya boshlanganidan beri egallangan ilk shunday obyekt bo‘ldi.
“Bu ushbu kampaniyadagi biz ozod qilgan birinchi gaz yoki neft koni bo‘ldi”, — ta’kidladi muxolifat qo‘mondoni.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)